Sport

“Sherif” murabbiyi: “Jasur Yaxshiboyev bugungi uchrashuvni intiqlik bilan kutyapti”

Bugun hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan Moldovaning “Sherif” jamoasi Chempionlar ligasi doirasida "Inter" klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Sherif” murabbiyi: “Jasur Yaxshiboyev bugungi uchrashuvni intiqlik bilan kutyapti”

 

Milanliklarga qarshi uchrashuv oldidan tashkil qilingan  matbuot anjumanida “Sherif” bosh murabbiyi Yuri Vernidub jamoa erishayotgan muvaffaqiyatlarga katta hissa qo‘shib kelayotgan Jasur Yaxshiboyevning  tayyorgarlik darajasi haqida  ham fikr bildirdi:

 

“Jasur Yaxshiboyev bugungi uchrashuvni intiqlik bilan kutyapti, u  birinchi daqiqalardanoq  jangovar kayfiyati va bor kuchini namoyish qilmoqchi”.

 

Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboyev Chempionlar ligasi ikkinchi turida “Real Madrid” darvozasiga to‘p kiritib, jamoasi g‘alabasini taʼminlagan edi. Hozirda “Sherif” klubi “D” guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

 

Аvvalroq Eldor Shomurodovning narxi keskin ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov