Sport

Sportchilarni doping isteʼmol qilishiga nima majbur etmoqda?

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov Zamon.uz muxbirining savollariga javob berdi.

Sportchilarni doping isteʼmol qilishiga nima majbur etmoqda?

 

Maʼlumot uchun: Doping (inglizcha “dope” — narkotik qabul qilishi) sportda yuqori natijalarga erishishda yordam beradigan taqiqlangan preparatlarni qabul qilish hisoblanadi. Mazkur preparatlar sportchilarda qisqa muddatga organizmning jismoniy va ruhiy faoliyatini kuchaytiradi.

 

So‘nggi vaqtlarda sportchilarda dopinng aniqlanayotgani, natijada ular maʼlum vaqtga sportdan chetlashtirilgani haqidagi xabarlar tez-tez qulog‘imizga chalinmoqda. Xususan, “Rio-2016” Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboyev va yaqinda Qozon shahrida o‘tkazilgan I MDH o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Faxriddin Hasanovda doping aniqlangani, shular jumlasidan.

 

Shu o‘rinda bir haqli savol tug‘iladi: shunday yuqori natijalarni qo‘lga kiritggan sportchilarning ushbu taqiqlangan moddani isteʼmol qilishiga nima majbur etgan? Bu ularning keyingi faoliyati, qolaversa, sog‘ligi va hayotiga taʼsir qilmaydimi?

 

Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan bu kabi savollarga javob olish maqsadida  O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonovga murojaat qildik.

 

— Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan sport federatsiya va assotsiatsiyalari, sport taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish maqsadida onlayn va oflayn tarzda o‘quv-seminarlar tashkil qilinmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ming afsusuki, taqiqlangan moddalar isteʼmol qilish holatlariga duch kelayapmiz.

Bu, albatta, xunuk holat. Buni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Sportchilar bilib yoki bilmasdan taqiqlangan dorilarni isteʼmol qilmoqda. Maʼlumki, Olimpiya, paralimpiya o‘yinlari va boshqa ko‘plab xalqaro musobaqalarda sovrindor bo‘lib kelgan sportchilar munosib tarzda rag‘batlantirilmoqda. Moliyaviy yordamlar berilmoqda. Bunday katta mukofotlarni qaysi sportchi olishni xohlamaydi. Har bir sportchining unga erishgisi, qo‘lga kiritgisi keladi. 

Ayrim sportchilar jismoniy imkoniyati sustligini sezib qolsa, qiyinchilik va mashaqqatlardan qo‘rqib darrov oson yo‘lni tanlashga harakat qiladi — kuch-quvvatni sunʼiy tarzda oshiradigan dorilardan foydalanadi. Dopinglardan foydalanishda har xil holat bo‘lishi mumkin: baʼzan sportchi buni o‘zi xohlab, baʼzan do‘sti yoki murabbiylar tavsiyasi bilan amalga oshiradi. Kimlardandir eshitib isteʼmol qiladiganlar ham yo‘q emas.

Albatta, bunday holatlar bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Tan olish kerak, bu kabi holatlar avval ham ko‘p kuzatilardi. Quvonarlisi, yildan yilga kamayib bormoqda. Sportchi va murabbiylar dopingning salbiy oqibatlari to‘g‘risida keng tushunchaga ega bo‘lib bormoqda.    

Doping isteʼmol qilgan sportchi “ushlanganda” unga nisbatan 1,2,3 va 4 yil, hatto, umrbod sportdan chetlatish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu masalaning bir tomoni, undan ham yomon jihati esa doping isteʼmol qilgan inson tanasi o‘zgarishi, ishdan chiqishi, hatto, o‘lim bilan tugashi ham kuzatilgan. Undan ham yomoni erkakmi, ayolmi bepusht bo‘lib qolishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, professional sportda inson organizmining imkoniyatlarini kengaytiruvchi va aynan sport natijalarini yaxshilash uchun isteʼmol qilinadigan turli dori-darmon va tibbiy muolajalar doping hisoblanadi. Masalan, ular yordamida mushaklar xajmi ortiriladi, xarakatlar tezligi va chidamlilik oshiriladi. Bunday preparat va uslublar WADA stop-listi (“Ro‘yxati”)ga kiritilgan.

 

Avvalroq 23 yoshli velopoygachida doping aniqlangani va Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga sport bilan xayrlashgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarni doping isteʼmol qilishiga nima majbur etmoqda? | Zamon.uz