Abdumalik Halakov finalga yo‘l oldi
Ayni kunlarda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Biroz avval musobaqaning yarim final jangida hamyurtimiz Abdumalik Halakov eronlik Daniyal Shaxbashga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli hamyurtimiz g‘alabani o‘z foydasiga hal qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun oqshom yana bir bokschimiz Madiyar Saidrahimov Kuba terma jamoasi aʼzosi Xulio La Kruz bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Avvalroq Abdumalik Halakov raqibiga imkoniyat qoldirmagani va Madiyar Saidrahimov ilk jangini g‘alaba bilan boshlagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







