Sport

Xavi bilan muzokara ko‘ngildagidek o‘tdi

“Al-Sadd” bosh murabbiyi Xavi “Barselona”ni boshqarishga yaqin turibdi.

Xavi bilan muzokara ko‘ngildagidek o‘tdi

 

Bugun “Barselona”ning sport bo‘yicha vitse-prezident Rafa Yuste va direktor Mateu Alemani boshchiligidagi kataloniyaliklar delegatsiyasi Qatar klubi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Ushbu muzokaralar ko‘ngildagidek o‘tdi.

 

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar Xavining “Barselona”ga tayinlanishini juma kuni rasman eʼlon qilishlarini maʼlum qilgan.

 

Mutaxassisning “Barselona”dagi debyuti 20-noyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida “Espanyol”ga qarshi uchrashuvda bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq “Al Sadd” “Barselona”ga shart qo‘ygani va Xavi “Barselona”ga bosh murabbiy bo‘lishga rozilik bergani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"