Xonobodda noqonuniy yer maydonini sotganlar aniqlandi
Mazkur shaxs noturar joy uchun ajratilgan 8 sotix yer maydonini noqonuniy sotgan.

Qayd etilishicha, fuqaro I.ga 3 800 AQSH dollari evaziga kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali turar joy uchun ajratib berishga kelishib, oldindan 2 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma'lum bo'lishicha, departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan DXXning Andijon viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda doirasida “R.X.” fermer xo‘jaligi rahbari X.R. o‘g‘li X.ga “Shahrixonsoy” irrigatsiya boshqarmasi tomonidan vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan 40 kv. metr yer maydonini fuqaro A.ga savdo do‘koni qurishi uchun 2 000 AQSH dollariga sotishga kelishgan.
Keyinchalik kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilib, oldindan 200 AQSH dollarini qo‘lga kiritib qolgan 1 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani, Surxondaryoda 13 ming dollar evaziga issiqxona qurib berishni vaʼda qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollarga olib berishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani hamda DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







