“Barsa” uchta futbolchini ko‘zlamoqda
“Barselona” qishki transferlar oynasiga hozirlik ko‘rmoqda.

“Barselona” prezidenti Joan Loparta klub qishda uchtagacha transferni amalga oshirishini maʼlum qildi.
Jamoaning kuchaytirilishi kerak bo‘lgan pozitsiyalardan biri bu markaziy hujum hisoblanadi. Hujumchi Serxio Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli kamida 3 oyga safdan chiqdi.
Kimnidir o‘z safiga qo‘shib olishi uchun “Barselona” o‘z futbolchilarini sotishi kerak. Aks holda, kataloniyaliklar yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, chunki bu ularning oylik maosh borasidagi chegarasiga to‘g‘ri kelmaydi.
“Barselona” yaqin haftalarda transferlar ustida ish boshlaydi. Barcha harakatlar yangi bosh murabbiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Avvalroq Xavi kataloniya klubi bosh murabbiyiga aylangani va Klopp “Liverpul” tarixida yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







