17 yoshli sportchi xalqaro musobaqada biryo‘la 4 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
Farg‘onalik 17 yoshli sportchi Izattilo Inomov sport gimnastikasi bo‘yicha Bangladeshda o‘tkazilgan musobaqada 4 ta oltin 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26-31 oktabr kunlari Bangladeshning Dakka shahrida sport gimnastikasi turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “V Markaziy Janubiy Osiyo chempionati”da farg‘onalik bir guruh sportchilar qatnashib, yetakchi o‘rinni egallagan.
Jumladan, Izzatillo musobaqada 4 ta oltin medaldan bittasini jamoaviy kurashda, qolgan 3 tasini sportning “Yakka kurash” “Halqa” va “Bryus” turlari bo‘yicha egallagan.
Maʼlumot o‘rnida: Izzatilo Inomov 2011 yildan beri sport gimnastikasi bilan shug‘ullanadi. U 10 yil mobaynida 9 marta O‘zbekiton chempioni va 3 marta O‘zbekiston mutlaq chempioni bo‘lgan. Musobaqalarga Farg‘ona shahridagi Gimnastika sport maktabida tayyorgarlik ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etilishi hamda Serbiyaning Belgrad shaxrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatining finalida hamyurtimiz Abdumalik Xalakov medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi







