Bokschilarimiz jahon chempionatidan qaytib keldi
Sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Avval xabar qilganimizdek, 25 oktyabr — 6 noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Chempionatda qatnashgan terma jamoamiz vakillari bugun yurtimizga qaytib keldi.
Sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston boks federatsiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, ularning yaqinlari va muxlislar kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyar Saidrahimov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.







