Eng dolzarb

"Sevgi uchburchagi" sabab Andijonda qotillik yuz berdi

Baliqchi tumanida erkak 18 yoshli yigitni o‘ldirib, kanalga tashlab ketgani aytilmoqda.

"Sevgi uchburchagi" sabab Andijonda qotillik yuz berdi

 

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida istiqomat 2003- va 1996 yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

 

Janjalga sabab esa o‘zbek yoshlarining ichida klassikaga aylangan muhabbat uchburchagi deyilmoqda.

 

Unashtirilgan qizi 2003-yilda tug‘ilgan yigit bilan oldin ham, unashtiruvdan keyin ham uchrashib yurganini bilgan 1996 yilda tug‘ilgan yigit, o‘sha bolani urib, kanalga tashlab yuborgan.

 

Bu xabarni Bosh prokurorning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hayot Shamsutdinov ham munosabat bildirdi.

Uning qayd etishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni fuqaro L.Z. yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Mazkur holatda L.Z. qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, ushbu holatni kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 7 noyabr kuni Jinoyat kodeksning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan L.Z.ni topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tergov natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar qilinadi, — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq Qamashida 17 yoshli qiz fo‘shni yigitni 29 marotaba pichoqlagani hamda Qibrayda bir uydan 5 kishining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

"Sevgi uchburchagi" sabab Andijonda qotillik yuz berdi | Zamon.uz