Eng dolzarb

Aziz Abduhakimov Glazgodagi iqlim masalalari bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etdi

Turizm va sport vaziri iqlim o‘zgarishi zamonaviy dunyoning asosiy tahdidlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Aziz Abduhakimov Glazgodagi iqlim masalalari bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etdi

 

BMTning Glazgodagi iqlim masalalari bo‘yicha xalqaro sammitida O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Abduhakimov o‘z chiqishida iqlim o‘zgarishi – zamonaviy dunyoning asosiy tahdidlaridan biri ekanini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, Orol dengizi qurishi oqibatida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobarga tezroq yuz berayotgani alohida qayd etildi.

 

Vazir O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda kompleks Strategiya amalga oshirilayotganini maʼlum qilgan. Shu bilan birga har yili, xususan, 2021 yilda 200 million daraxt ko‘chati ekilishi haqida maʼlumot berilgan.

 

Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida energetika samaradorligi ikki barobar oshirilib, unda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 25 foizni tashkil etadi. Shuningdek, u Respublika Parij kelishuvi doirasida issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishini kamaytirish maqsadida qo‘shimcha majburiyatlar olganini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq olimlar global iqlim isishi tufayli Yerda hayot chidab bo‘lmas darajaga yetishidan ogohlantirgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Aziz Abduhakimov Glazgodagi iqlim masalalari bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etdi | Zamon.uz