Rossiyadan O‘zbekistonga 5 ta maxsus yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Chiptalarni elektron tarzda ham sotish mumkin.


Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezdining 5 ta maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Mazkur poyezdlar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Maʼlumot uchun: Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali е-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uhan shahridan Toshkentga birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqgani, “Voljskiy - Toshkent” hamda “Tolyatti - Toshkent” yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlarining maxsus reyslari yo‘lga qo‘yilgani hamda Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni oshishi haqida xabar berilgandi.







