Yilga yakun yasab beruvchi katta turnir UFC 269'da Chimayev Edvardga qarshi jang qilishi mumkin
Xorxe Masvidal jarohat sabab Leon Edvardsga qarshi 11-dekabrga belgilangan jang bekor qilindi.

UFC matchmeykerlari Edvardsga qarshi boshqa raqib tayinlanadimi yo`qmi bu haqda maʼlumot bermadi. Lekin "bokamotoespn" xabar berishicha, Xamzat Chimayev zaxiradan maydonga tushishga tayyor! U yaqinda o‘tgan jangida tezkor g‘alaba qayd etdi. Formada, qisqa chaqiruvlarga ko‘nikkan, atrofidagi xayp asosiy kardga munosib. Yaxshi variant. Bunga endi Edvardsni ko‘ndirish kerak.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-yanvar kuni Chimayev va Edvards o‘rtasida jang o‘tkazilishii kerak edi. Ammo jang qoldirilgan.
Chimayev hisobida 10 ta g‘alaba bor, birorta ham mag‘lubiyat yo‘q. Edvards hisobiga 19 g‘alaba va uchta mag‘lubiyat. Yana bir jang haqiqiy emas deb topilgan.
Avvalroq, UFC 267 turnirining asosiy janglarida qanday natijalarni qo‘lga kiritgani hamda Habib Nurmagomedov Rossiyalik sportchilardan norozi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







