Ferran Torres: “Krishtianu Ronaldu – mening futbol tarixim”
“Manchester Siti” futbolchisi Ferran Torres “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zining futbol tarixidagi ramzi deb atadi:

"Ronaldu - mening futbol tarixim. U futbolni ovqatlanish, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish, tanasiga sarmoya kiritish nuqtai nazaridan o‘zgartirdi. Bu uzoq muddatli jarayon bo‘lib, bugun qilayotgan ish ertaga ijobiy natija beradi. Futbol yaxshi jismoniy holatni talab qiladi va bunga tayyor bo‘lish lozim. Siz futbol o‘ynashingiz kerak va ortingizda sizni qadrlaydigan jamoa bo‘lishi shart. Mening shaxsiy murabbiyim, va shaxsiy fizioterapevtim bor. Ular klub bilan aloqada bo‘lib, mening ahvolim haqida doimiy maʼlumot olishadi va menga yordam berishadi”.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Manchester Yunayted” Angliya premyer-ligasining turnir jadvalida 17 ochko bilan, 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Manchester Siti” klubi 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan.
Avvalroq Ronaldu Manchesterdan ketmoqchiligi va “Barselona” klubida norozichilik boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







