Krishtianu Ronaldu - Portugaliya Qatarga boradi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralashida Serbiya termasiga uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi:

“Futbol bizga qayta-qayta ko‘rsatdiki, baʼzida kutilmagan voqealar kerakli maqsadlarga olib keladi. Serbiya bilan o‘yin natijasi achinarli, ammo bizni o‘z yo‘limizdan qaytarish uchun yetarli emas. 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish maqsadi hali ham o‘z kuchida va biz u yerga borish uchun nima qilish kerakligini yaxshi bilamiz. Hech qanday sabab eshitilmaydi. Portugaliya Qatarga boradi”.
Maʼlumot o‘rnida: Portugaliya saralash bosqichida 17 ochko to‘pladi va A guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Serbiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Portugaliya pley-off bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Avvalroq Ronaldu beshinchi farzandini kutayotgani va Serxio Aguero futbol bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







