Xabarlarga ko‘ra, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, forvardning yuragi bilan bog‘liq muammolar dastlab kutilganidan ancha jiddiyroq. Shifokorlar futbolchini boshqa hech qachon maydonga qaytmasligi mumkinligidan ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida yuragi bilan bog‘liq muammo tufayli almashtirilgan edi. O‘yindan so‘ng Agueroning o‘zini yaxshi his qilayotgani maʼlum bo‘lgandi. Biroq, keyinroq maʼlum bo‘lishicha, hujumchi tekshiruvdan o‘tishi va davolanishi kerakligi aytilgan. Bu kamida uch oy davom etadi.
Avvalroq “Barselona” klubida norozichilik boshlangani va Xavi Kataloniya klubiga bosh murabbiy sifatida saylangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


