Xabib Nurmagomedovning jiyaniga guvohlik maqomi berildi
Usman Nurmagomedov politsiyachini urib yuborganlikda ayblanmaydi.

Rossiyalik aralash jang sanʼati bo‘yicha sport ustasi (MMA) Usmon Nurmagomedov Maxachqalʼada yuz bergan avtohalokatda politsiyachini urib yuborganlik yuzasidan ayblanmaydi. Bu haqda Lenta.ru xavfsizlik kuchlari tomonidan berilgan manbaga tayanib xabar berdi.
Usmon Sobiq ufs chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi. 13-noyabr kuni Nurmagomedov va Idrisov tergovga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Surishtiruv davomida maʼlum bo‘lishicha, avtohalokat yuz bergan kun rulda, aslida, Usmon emas, balki uning do‘sti Kamol Idrisov bo‘lgan. Shu sababli Usmon faqat guvohlik beradi va unga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilmaydi. Kamol Idrisovga nisbatan esa hozircha ikki oy uy qamog‘i chorasi qo‘llanilgan.
Maʼlumot uchun: sportchi va uning hamrohi 11-noyabr kuni Moskvaning Sheremetevo aeroportida qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ular Mahachqalʼadan poytaxtga uchishdan oldin avtomashinada politsiyachini urib yuborishgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Jinoiy ish ochilgan.
Avvalroq Habib Nurmagomedov rossiyalik sportchilardan norozi ekani hamda sportchi afg‘onlardan kechirim so‘ragani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







