Bugun poytaxtda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Bunga davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sabab qilib ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan bugun soat 08:00 dan soat 11:00 gacha Furqat — Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov — Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan hudud transport harakati uchun yopiladi.
"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz", — deyiladi xabarda.
Avvalroq 9-10 oktabr kunlari triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopilgandi.







