Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi
U 2019-yilning oktabr oyida Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi.


Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Zoyir Mirzayevni Toshkent viloyatiga hokim etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun: Zoir Mirzayev 1968-yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Hokim sifatidagi ish faoliyatini 2003-yil Jomboy tumanidan boshlagan. 2008—2010 yillarda Samarqand shahar hokimi, 2010—2016 yillarda esa Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan. 2018-yilning noyabr oyida bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Zoyir Mirzayev Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatiga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.







