Eng dolzarb

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi belgilandi

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxati IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi belgilandi

 

Maʼlumot uchun: Genom organizmni qurish va saqlash uchun zarur bo‘lgan biologik maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa barcha hujayrali hayot shakllarining genomlari DNK tahliliga ega.

 

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish – biologik materialdan foydalanish, odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani aniqlash uchun genomga oid axborotga ishlov berish bilan bog‘liq faoliyat.

 

Genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadigan tafsilotlar mavjud. Bular:

 

▪️ og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat, 16 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish va ularga uyatsiz harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilganlar;

 

▪️ og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar;

 

▪️ tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida biologik material olingani aniqlanmagan shaxslar;

 

▪️ tanib olinmagan murdalar.

 

Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati bu bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadigan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi. Bundan tashqari, genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish fuqarolarning yozma arizasiga ko‘ra pullik asosda amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gologramma bilan muloqot qilish imkonini beruvchi qurilma yaratilgani hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi belgilandi | Zamon.uz