Korrupsiya sohasini raqamlashtirish bo‘yicha YEXHT bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raxbariyati bilan uchrashdi va anglashuv Memorandumini imzoladi.

Ushbu memorandum orqali endi YEXHTning Iqtisodiy va ekologik faoliyati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idorasi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorlikda ish yuritadi.
Natijada Korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligini oshirish borasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshira oladi.
Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Memorandum YEXHTning iqtisodiy va ekologik faoliyat buyicha koordinatori Igli Xasani va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov tomonidan imzolandi.
Shartnoma doirasidagi tadbirlarning aksariyati "Raqamlashtirish va ochiq maʼlumotlardan foydalanish orqali YEXHT mintaqasida samarali boshqaruv va ijobiy biznes muhitini rag‘batlantirish" loyihasi doirasida amalga oshiriladi. Shuningdek, Elchi Xasani ochiq maʼlumotlar va samarali boshqaruvni nazorati bo‘yicha saʼy-harakatlar orqali YEXHT barqaror institutsional salohiyatni shakllantirishni maqsad qilgan.
Mintaqadagi biznes va sarmoyaviy muhitni yaxshilash uchun mavjud tajriba tarmoqlarini mustahkamlashga va yangi tajriba tarmoqlarini yaratishga yordam berishini ham taʼkidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng ko‘p qonunlarni buzgan viloyatlar reytingi eʼlon qilingani hamda korrupsiyaga qarshi kurashishi ishlarining reytingi joriy etilgani haqida habar berilagndi.
Cho‘lponoy Ahmedova







