Farg‘onada qimorxona tashkil etgan shaxs ushlandi
Endi u 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 17-noyabr kuni viloyatning Yozyovon tumanida fuqaro Q.K. yashash xonadonida 3 nafar shaxsga qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergan.
Qayd etilishicha, ulardan 32 dona o‘yin kartasi va 870 ming so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Maʼlumot uchun: jinoyat kodeksining 278-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘yxona yerto‘lasini qimorxonaga aylantirgan shaxsga chora ko‘rilgani hamda Namanganda yerto‘lada qimorxona ochgan 21 yoshli shaxs ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.







