Farg‘onalik yigit totalizatorda 16 million so‘m yutqazib qo‘yib, o‘zini osgani aytilmoqda
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashagan yigit totalizatorda 16 million yutqazib qo‘ygani uchun o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 15-noyabr kuni Dang‘ara tumani, Soysohili ko‘chasida yashagan 28 yoshi yigit o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn qimorda yutqazgan yigit o‘g‘irlik sodir etgani hamda onlayn qimor jabrdiydalari haqida xabar berilgandi.







