Eng dolzarb

Andijonda bloger ayol kaltaklandi

IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda bloger ayol  kaltaklandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tuman elektr tarmoqlaridan fermerlarga sunʼiy ravishda yozilgan qarz bo‘yicha hujjat so‘ragan bloger Fatima Jo‘rayeva bosh hisobchi tomonidan kaltaklangani aytilgan xabar tarqaldi.  Bu haqda blogerning o‘zi ham videomurojaat bilan chiqdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatga munosabat bildirdi. 

 

Aniqlanishicha, bloger Fatima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani IIBga 22 noyabr kuni murojaat qilgan. U o‘z murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan o‘zi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xo‘jaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sunʼiy ravishda oshirilganligi bo‘yicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganligini bildirgan. Shunda korxona bosh hisobchisi unga qo‘pol munosabatda bo‘lgani, unga qo‘l ko‘tarib uyali qo‘l telefonini sindirib tashalganini bildirgan. Qilmishi uchun korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

 

Hayot Shamsutdinovning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

 

Hozirda mazkur murojaat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. F.Jo‘rayevaning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Avvalroq Qashqadaryoda bank xodimlari mijozlar tomonidan kaltaklangani hamda Misrda bloger qiz qamalgani haqida xabar berilgandi.

 

 Munojat Valiyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Andijonda bloger ayol kaltaklandi | Zamon.uz