“Binafsharanglilar” hujumchisi turinliklar eʼtiboriga tushdi
“Yuventus” “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Turin klubi “binafsharanglilar”ga futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.
Turinliklar serbiyalik futbolchining transferini ertaroq amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi. Vlahovichning o‘zi ham hozirda “Yuventus” klubiga o‘tishni xohlamoqda. “Fiorentina” 21 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vlahovich joriy mavsum A Seriyaning 13 o‘yinida ishtirok etib 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq “Atalanta” Miranchukning transferini amalga oshirmoqchi ekanligi va “Fiorentina” hujumchisiga bir nechta top klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







