Bugun poytaxtdagi ikkita tumanda vaqtincha gaz bo‘lmaydi
Ayrim hududlarda gaz taqsimlash punktini taʼmirlash rejalashtirilgan.

Shayxontohur va Yangihayot tumanida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha uziladi.
Shayxontohur va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida gaz taqsimlash punktini taʼmirlash rejalashtirilgan. Shu bois ayrim ko‘chalarda 24-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha gaz taʼminoti bo‘lmaydi:
Shayxontohur tumani — “Nurobod” ko‘chasidagi 43 ta xonadonlarda;Yangihayot tumani — “Olchazor”, “Birlik”, "Sergeli 11", "Lutfikor" ko‘chalaridagi 320 ta yerli xonadonlar hamda 7 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida, shuningdek, Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarida ham tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







