Klubimiz uchun kurashni hech qachon to‘xtatmaymiz – Krishtianu Ronaldu
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyareal”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi:

“Ispaniyada o‘ynash va bu yerda g‘alaba qozonish juda ham ajoyib. O‘zimni har doim o‘zgacha his qilgan mamlakatda gol urganimdan xursandman. Yigitlarni bu g‘alaba bilan tabriklayman. Biz “Manchester Yunayted”miz va klubimiz uchun kurashni hech qachon to‘xtatmaymiz. Doim oldinga intilamiz”.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. U shu tariqa Yevropa chempionlar ligasining bir mavsumida 15 daqiqa ichida 3 ta g‘alaba golini urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Avvalroq Messi braziliyalik hakamni xayolparastlikda ayblagani va Markus Reshford Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqida fikr bildirgani bo‘yicha xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







