Bu uchlik futbolchi jamoa uchun o‘ynay olishmaydi – Jeymi Karrager
“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, “PSJ” Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmaydi.

“Men ayni damda “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi” hamda “Bavariya” klublarining imkoniyatlarini Chempionlar ligasida yuqori baholayapman. “PSJ”da uchta yo‘lovchi bor. Bular Messi, Mbappe, Neymar. Menimcha ularda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q. Bu uchlik futbolchi jamoa uchun o‘ynay olishmaydi. Futbolda jamoaviylik muhim. Bitta yoki ikkita o‘yinchiga qarab taktika tuzish davri ortda qolgan”.
Eslatib o‘tamiz, kecha parijliklar Chempionlar ligasining 5-turida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq “PSJ” Messining maoshi haqidagi mish-mishlarni rad etgani va “Real Madrid” 1 yanvargacha Mbappeni qo‘lga kiritmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







