“Chelsi” Tiago Silvani jamoada olib qolmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi braziliyalik himoyachi Tiago Silva bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, londonliklar himoyachi bilan yana bir yilga shartnoma imzolamoqchi. Hozirda jamoa futbolchi shartnomasidagi moliyaviy muammolarni hal etmoqda. Silva 2020 yilning 28 avgust kuni erkin agent sifatida “PSJ” klubidan “Chelsi” safiga qo‘shilgan edi.
London klubi safida braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum 48 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Joriy mavsumda esa futbolchi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Hozirda Transfermarkt portali 37 yoshli braziliyalik futbolchini 3 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchiligi va Anchelotti David Luizni “Real”ga taklif qilmoqchilligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







