“Barselona” Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini 50 million yevroga transfer qilishga yaqin turibdi. “Barselona” allaqachon Torres bilan to‘liq kelishuvga erishgan. Barcha masalalar yaqin kunlarda hal bo‘lishi kutilmoqda. Kelishuvga ko‘ra Torres yanvar oyida “Barselona” klubiga o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Ferran 2020 yilning yozida 23 million yevro evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgandi. Bundan avval futbolchi “Valensiya” jamoasi sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq investitsiya fondlari “Barselona”ga Holandni sotib olishda yordam bermoqchiligi va “Manchester Siti” Kilian Mbappeni istalgan narxda sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







