Sport

Jizzax shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi

Mukofot jamg‘armasi 56 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqada dunyoning 30 ga yaqin davlatidan 300 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Jizzax shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi

 

24-26 noyabr kunlari Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida belbog‘li kurash bo‘yicha 2001-2003 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati bellashuvlari o‘tkazildi.

 

Chempionatning dastlabki kungi natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan terma jamoamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – “Cobalt” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek kuni kecha sportchilar belbog‘li kurashning “Erkin” yo‘nalishida ham o‘zaro bahs olib borishdi. Ushbu yo‘nalishda umumjamoa hisobida eng yaxshi natijani qo‘shni qozog‘istonlik sportchilar qayd etdi. Natijada tashkilotchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – “Spark” avtomashinasi sohibiga aylanishdi.

 

Quyida belbog‘li kurash bo‘yicha 2001-2003 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatining “Erkin” yo‘nalishi g‘oliblari bilan tanishingiz mumkin:

 

-57 kg vazn toifasi:

Komronbek Ortiqov (O‘zbekiston),

 

-62 kg:

Nursultan Nurseitov (Qozog‘iston),

 

-68 kg:

Sayan Kurmangaliyev (Qozog‘iston),

 

-75 kg:

Ilnaz Ramazanov (Rossiya Federatsiyasi),

 

-82 kg:

Zamir Chomayev (Rossiya Federatsiyasi),

 

-90 kg:

Aybergen Aldabergen (Qozog‘iston),

 

-100 kg:

Janabek Zangar (Qozog‘iston),

 

+100 kg:

Zurab Makatsarli (Rossiya Federatsiyasi),

 

Ayollar o‘rtasida:

-48 kg:

Muxlisaxon Sotvoldiyeva (O‘zbekiston),

 

-52 kg:

Yulduz Abdullayeva (O‘zbekiston),

 

-58 kg:

Olga Shugayeva (Rossiya Federatsiyasi),

 

-66 kg:

Asiljan Orunbasarova (Qozog‘iston),

 

-76 kg:

Zeboxon Nosirova (O‘zbekiston),

 

+76 kg:

Ayjan Anarbekova (Qozog‘iston).

 

Avvalroq belbog’li kurashchilarimiz MDH o’yinlarida 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallashgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jizzax shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi | Zamon.uz