Eng dolzarb

Qo‘qonlik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga xonadon va “Nexia” avtomashinasini berdi

Qarzdor otaga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro ishi tugatildi.

Qo‘qonlik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga xonadon va “Nexia” avtomashinasini berdi

Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan farzandini moddiy va maʼnaviy tomondan taʼminlashni yoddan chiqargan ota (Sh.U.) anchadan beri farzandlari uchun aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi.

 

MIBning Qo‘qon shahar bo‘limiga qarzdor otadan undiruvchi M.U. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushdi .

 

Qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuzasida MIB xodimlarining saʼyi harakatlari bilan Sh.U. farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanadigan aliment pullari evaziga Qo‘qon shahrida joylashgan uy va “Nexia” avtomashinasini sobiq turmush o‘rtog‘ining nomiga o‘tkazib berdi.

 

Kelishuv bitimi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi tomonidan tasdiqlanib, qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro ishi tamomlandi.

 

Avvalroq, Samarqandda aliment to‘lamagan qarzdor otaning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgani hamda farzandi uchun salkam  370 million so‘m aliment to‘lagan ota haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qo‘qonlik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga xonadon va “Nexia” avtomashinasini berdi | Zamon.uz