Ta'lim

Uch yil ichida maktablarda yangi 474,5 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi

Bunga davlat byudjetidan 5 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Uch  yil ichida  maktablarda yangi 474,5 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi

 

2018-2021 yillar davomida yurtimizda maktablarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida maktablarida qo‘shimcha yangi 474,5 ming o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.

 

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlumot berdi. 

 

Shundan 58,7 ming o‘quvchi o‘rni yangidan barpo etilgan 156 ta maktabda hamda navbatlilik koeffitsenti yuqori bo‘lgan 1511 ta umumtaʼlim maktablariga qo‘shimcha o‘quv binolari barpo etilishi natijasida 371,4 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishiga erishildi.

 

Yuqorida tilgan olingan qariyb yarim million o‘quvchi o‘rnini yaratishga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 5 trln.so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

 

Shuningdek, maktablar 11 yillik taʼlim tizimiga o‘tishi munosabati bilan bo‘shab qolgan 383 ta kasb-hunar kollejlari maktablarga aylantirilishi hisobidan 221 ming qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. Ushbu yangi o‘quv o‘rinlarining yaratilishi navbatlilik koeffitsenti oshib ketgan maktablardagi holatni meʼyor darajasiga olib tushishga va taʼlim olishga munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan.

 

Hukumat tomonidan tasdiqlangan tegishli hujjatga ko‘ra, 2022 yilda Respublika bo‘yicha jami 306 ta umumtaʼlim maktablarida, shundan 15 176 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 37 ta maktablarni yangidan qurish, 71 819 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 180 ta maktabni rekonstruksiya qilish va mavjud 89 tasini mukammal taʼmirlanishi belgilangan edi.

 

Hukumatning tegishli topshirig‘iga ko‘ra, hududlardagi holatni manzilli o‘rganish maqsadida turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tashkil etilib va ular tomonidan bugungi kunda Respublikaning barcha hududlarda mavjud talablar o‘rganilmoqda.

 

Bugungi kunda respublikada 5 mln.dan ortiq o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 10 130 ta maktablarda 6 mln. 246 mingdan ortiq o‘quvchilar taʼlim olmoqda.

 

Vazirlik prognozlarga ko‘ra kelgusi 5 yillikda maktab o‘quvchilarining kutilayotgan soni 7,5 mlnga yetishi kutilmoqda.

 

Avvalroq, maktablarda Kembrij darsliklari joriy qilinishi hamda Nurafshonda Prezident maktabi ochilgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.