"Bunyodkor"chilarning 1 yarim milliarddan ziyod maoshini "yer yutib yubordi"mi?
Hozirda klubda moliyaviy muammolar yuzaga kelmoqda.

Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganida, ayni vaqtda klub tomonidan jami 393 nafar xodimlarga nisbatan oktyabr oyi uchun 1 milliard 532 million 216 ming so‘m miqdordagi oylik maoshlari to‘lab berilishi kechiktirilgan. Shuningdek, hozirda klub homiysi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mablag‘lar ajratilayotganligi va xodimlarga ushbu to‘lovlarni to‘lab berish harakatlari amalga oshiralayotganini maʼlum qildi.
Bundan tashqari, klub bosh direktori U.A.Mirzayev nomiga xodimlarga oylik ish haqi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish hamda keyinchalik oylik ish haqlarini o‘z muddatida to‘lash bo‘yicha Davlat mehnat isnpeksiyasi tomonidan yozma ko‘rsatma kiritildi.
Avvalroq Eldor Shomurodov pandemiya davrida “Bunyodkor” yoshlar jamoasini 15 oy davomida moddiy taʼminlab turgani va O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga qurʼa tashlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







