Sport

OTM talabalari “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun bellashdi

Final bosqichi o‘yinlariga Samarqand shahri mezbonlik qildi.

OTM talabalari “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun bellashdi

 

 

Bugungi kunda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini rivojlantirish orqali yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. O‘z kuchi va imkoniyatiga ishonongan yoshlar uchun esa qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasining o‘tkazilishi ham bu kabi loyihalarning yorqin ifodasidir.

 

 

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyevaning Zamon.uz‘ga xabar qilishicha, bu galgi musobaqaning final bosqichi ko‘hna Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.

 

 

Taʼkidlanishicha, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada badminton, futbol, shaxmat, armrestling hamda kvest sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi.

 

 

Maʼlumot uchun: musobaqaga 27-noyabr kuni start berildi va unda mingga yaqin talabalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

 

 

Musobaqa yakunida Turizm va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida taqdirlash marosimi tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi sport assotsiatsiyasi tashkil etilishi, Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilgani, Bo‘stonliqda "Sky Camp" sport festivaliga start berilgani, I MDH o‘yinlarida belbog‘li kurashchilarimiz 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgani hamda xalqaro shaxmat turniri yakuniy bosqichga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

OTM talabalari “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun bellashdi | Zamon.uz