Sport

Patris Evra “yorildi”

“Manchester Yunayted” va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Patris Evra 2021 yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Patris Evra “yorildi”

 

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski uchun afsusdaligini ochiqcha namoyish etdi. Uning fikricha “Oltin to‘p” topshirish marosimidagi bu qaror ko‘pchilik futbol muxlislarining eʼtirozlariga sabab bo‘lgan. Negaki, ular Messini bu gal ushbu mukofotga loyiq emas deb hisoblashmoqda.

 

“Menga “Oltin to‘p” uchun kimga ovoz berasiz deb so‘rashganida, shubhasiz, Robert Levandovskiga berardim. Bu bilan Messini yomonlamoqchi emasman. Shunchaki, adolat g‘alaba qozonishini istayman. “Manchester Yunayted” uch bor Chempionlar ligasi finalida “Barselona”ga imkniyatni boy berdi. Bu bilan kataloniyaliklarga bo‘lgan nafratimni namoyish qilmoqchi emasman. Ammo, “Barselona” chempionlikni qo‘lga kiritgan vaqtda nega Xavi yoki Inyesta “Oltin to‘p” sohibiga aylanishmadi. Ular ham jamoasining g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishgandi. Muxlislar Krishtianu Ronaldu sizning do‘stingiz bo‘lgani sababli Messidan nafratlanasiz deb ko‘p aytishadi. Ammo, men bu haqda gaplashishni xohlamayman. “Oltin to‘p” toshirish marosimiga qaytadigan bo‘lsak, Messi mukofotni olib Levandovskiga qarata “Bu sovrinni sen o‘tgan yili yutishing kerak edi – dedi. Menimcha polshalik futbolchi bu yil ham “Oltin to‘p”ga loyiq edi. Odamlar ko‘zingizni oching. Futbolda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaylik”.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu mukofot 29 noyabr kuni yettinchi marta argentinalik hujumchi Lionel Messiga topshirildi. Ovoz berish natijasida  “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski ikkinchi, “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjinyo uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Avvalroq Robert Levandovski yangi rekord o‘rnatgani va polshalik futbolchi Messini “Oltin to‘p” sovrini bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Patris Evra “yorildi” | Zamon.uz