Sport

Boks bo‘yicha mamlakat chempionatiga qay darajada tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan har yili anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan mamlakat chempionatiga bu gal o‘zgacha taraddud ko‘rilmoqda.

Boks bo‘yicha mamlakat chempionatiga qay darajada tayyorgarlik ko‘rilmoqda

 

Musobaqa 8-14-dekabr kunlari “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, mahalliy hakamlarimizga tajriba ulashish, bahslarda shaffoflik va xolislikni kuchaytirish maqsadida dunyoning barcha qitʼalaridan 8 nafar AIBAning 3 yulduzli darajasiga ega hakamlar janglarni boshqarib boradi. Ularning barchasi Olimpiada yoki jahon chempionatlarida ishlagan va ulkan tajribaga ega referilardir. Shuningdek, janglarni boshqarib boradigan hakamlarni Buyuk Britaniya va Ukrainadan tashrif buyuradigan instruktorlar kuzatib borishadi. Ular ishtirokida chempionatdan avval 5-6-dekabr kunlari mahalliy referilar uchun seminar-treninglar o‘tkaziladi.

 

Bu yilgi O‘zbekiston chempionatining yana bir muhim jihati u orqali terma jamoa murabbiylar shtabi Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga daʼvogar yoshlarni saralab olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Boks bo‘yicha mamlakat chempionatiga qay darajada tayyorgarlik ko‘rilmoqda | Zamon.uz