“Barkamol avlod-2021”: bugun respublika final bosqichining ilk musobaqasi start oladi
Ishtirokchilar 3 kun davomida turli vaznlarda g'olib va sovrindorlik uchun kurash olib borishadi.


12 ta sport turlari bo‘yicha “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining hududiy bosqichlari o‘tkazildi va respublika bosqichiga yo‘l olganlar nomi aniq bo‘ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva Zamon.uz‘ga xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, 1-2 dekabr kunlari yurtimizning 14 ta hududidan hududiy bosqichlarda o‘zini ko‘rsatib, respublika bosqichiga yo‘l olgan sportchilar Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida jam bo‘lishdi. Bugun, 3-dekabr kuni respublika final bosqichi start oldi. Musobaqada akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari dzyudo bo‘yicha bellashadi.

Maʼlumot uchun: “Barkamol avlod-2021” dasturidan o‘rin olgan keyingi sport turi yengil atletika bo‘yicha respublika final bosqichi 10-14-dekabr kunlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, OTM talabalari “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun bellashgandi.
Avvalroq I MDH o‘yinlarida belbog‘li kurashchilarimiz 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgani hamda xalqaro shaxmat turniri yakuniy bosqichga yetgani haqida xabar berilgandi.







