Pul "munosabatlari"da ehtiyot bo‘ling! Jazo kuchaytirilmoqda
Afvsiz, almashtirishsiz, so'nggi kungacha!

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.
Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq taʼrif berilmoqda va 15 turdagi jinoyat bu toifaga kiritilmoqda.
Endilikda o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish kabi qilmishlar uchun avvallari 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llannilar edi. Endilikda ozodlikdan mahrum qilish jazosi 10 yilgacha kiritilmoqda. Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Yana bir muhim jixati shundaki, poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi va jazo yengilrog‘i bilan almashtirilmasligi va boshqa qator dolzarb o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Avvalroq korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirilgani hamda Andijon viloyati eng ko‘p qonunlarni buzgan viloyatlar reytingida birinichi o‘rinni egallashi haqida maʼlumot berilgandi.
Munojat Valiyeva







