Menni Pakyao kibersport bilan shug‘ullanmoqchi
Afsonaviy filippinlik bokschi, sakkiz vazn toifasi chempioni Menni Pakyao o‘zining kibersport klubiga asos soldi.

Xabarlarga ko‘ra, klub uncha murakkab bo‘lmagan “Team Pacquiao GG” nomini oldi. Menni hozircha jamoa musobaqalarda qaysi yo‘nalishlarda ishtirok etishini eʼlon qilmagan. Tashkilotning to‘liq taqdimoti 5 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda sportchilar orasida kibersport klublarini tashkil etish tobora ommalashib bormoqda. Hozirda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilari Kazemiro, Devid Bekxem va Serxio Aguero o‘zlarining kibersport jamoalarini tashkil etgan.
Avvalroq Menni Pakyao Yordenis Ugasga mag‘lub bo‘lgani va filippinlik bokschi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







