Sport

“Аjdarlar” kubok sohibiga aylandi

Bugun Samarqand shahridagi “Dinamo” markaziy stadionida O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Аjdarlar” kubok sohibiga aylandi

 

Unda Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning  “Paxtakor” jamoalari to‘qnash keldi. Natijada mazkur bahsda “ajdarlar” 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

 

Uchrashuvning 28-daqiqasida Odilbek Hamrobekov “Paxtakor”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, shundan biroz vaqt o‘tganidan so‘ng “Nasaf” aʼzosi Baxrom Abduraximov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymning 75-daqiqasida G‘olib G‘aybullayev qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

 

Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 2021 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi va Osiyo chempionlar ligasi saralashida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: bahsning 34-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Oybek Bozorov qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi.

 

Avvalroq “Nasaf” OFK Kubogida qancha pul ishlashi maʼlum bo‘lgani va OFK Kubogining navbatdagi bosqichi uchun qurʼa tashlangani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Аjdarlar” kubok sohibiga aylandi | Zamon.uz