Sport

Gandbolchi qizlarimiz tarixiy g‘alabaga erishdi

Shu kunlarda Ispaniyada gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Gandbolchi qizlarimiz tarixiy g‘alabaga erishdi

 

Ushbu nufuzli musobaqada 24 yillik tanaffusdan so‘ng yana ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining uchta o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchragan edi. Shu sababli endi gandbolchi qizlarimiz 25-32-o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda.

 

Kecha tunda jamoamiz 25-32-o‘rinlar uchun kechayotgan guruh bosqichining ilk uchrashuvida Eron terma jamoasiga qarshi parketga tushdi. Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechgan bahsda hamyurtlarimiz 37-32 hisobida g‘alaba qozonishdi.

 

Bu qizlarimizning jahon chempionatlaridagi tarixiy g‘alabasi sifatida qayd etildi. Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yinda Afrika qitʼasi vakillari – Angola va Kamerun terma jamoalari to‘qnash kelishdi va unda angolalik qizlar 35-24 hisobida g‘alabaga erishdi.

 

Endi gandbolchilarimiz 11 dekabr kuni to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda autsayder bo‘lib turgan Kamerun terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

 

Avvalroq gandbolchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishi va xalqaro kosmik stansiyada ilk bor sport musobaqasi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining ahvoli qanday?

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular notinch vaziyat sababli Eronni vaqtincha tark etyapti.

custom img

Eron rasman Jahon chempionatini tark etdi

Hukumat sportchilarning Jahon chempionatiga borish xavfini o‘z zimmasiga olmasligini bildirdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"