Rossiyada ishlashni xohlovchilar diqqatiga!
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.

Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun rossiya Federatsiyasining bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan qurulish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mamlakatimiz fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha 10 mingta o‘rin ajratilgan.
Eslatma. Fuqarolar nomiga Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi.
“Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish taʼminlanadi”, — TMM agentligi xabarida.
Talabgorlar mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladigan sana va hududlar quyidagilar:
10 dekabr soat 11:00 da:
- Andijon viloyatida;
Manzil: Andijon Sh., Bobur Sh. ko‘ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo‘ljal: Sobiq afg‘on bog‘i ro‘parasi, Transport kolleji).
☎️ 95 202-33-55;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
Manzil: Nukus Sh., Utepova ko‘ch., R/u. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo‘ljal: "Istiqlol bog‘i" - Kvadrat park).
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
- Qashqadaryo viloyatida;
Manzil: Qarshi Sh., A.Navoiy ko‘ch., 70a-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi).
☎️ 55 401-61-69, 97 293-27-52, 97 770-04-92.
11 dekabr soat 11:00 da:
- Namangan viloyatida;
Manzil: Namangan Sh., Nodira ko‘ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.
☎️ 69 227-94-64, 69 227-97-27.
Avvalroq O‘zbekistonlik quruvchilarni Rossiyada “kosmik istiqbollar” kutayotgani, 141 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadagi kosmodrom yaqinida ishlash uchun jo‘nab ketgani hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan memorandum muhojirlikdagi bolalar huquqlarini himoya qilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







