“Barselona”ning mag‘lubiyati menga zavq bag‘ishlaydi – Habib Nurmagomedov
Sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Barselona” klubining ishtirok etmasligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

“Men Xavini cho‘kayotgan kemani qutqarib qolmoqchi bo‘lgan insonga o‘xshataman. “Barselona” jamoasini tiklash uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Kataloniyaliklar ustidan o‘zimning bu kabi tanqidiy fikrlarimni bildirmoqchi emasman. 1998 yildan beri “Real Madrid” muxlisiman. “Barselona”ning mag‘lubiyati menga zavq bag‘ishlaydi. Ammo hozir jamoalar o‘rtasida bunday raqobat yo‘q. “Barsa” chempionatda “Real”dan 15 ochko ortda qolmoqda. Bilishimcha, klubda bir qancha muammolar bor. Jamoa hozirda o‘zining bir qator futbolchilariga maosh to‘lamayapdi. Jamoaning kelajagi ko‘proq murabbiyga emas, klub rahbariyatiga bog‘liq deb o‘ylayman”.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov UFCda jami 29 ta jang o‘tkazib shularning barchasida g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, Habib Numagomedov rossiyalik sportchilardan norozi ekanligi va Mahmud Murodov UFCdagi ilk mag‘lubiyatiga fikr bildirgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







