Sport

Davlat Bobonov PSJ klubi bilan YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritd

Endi u dzyudo bahslarida ushbu klub sharafini himoya qiladi.

Davlat Bobonov PSJ klubi bilan YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritd

 

Dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Fransiyaning PSJ klubi bilan shartnoma imzoladi.

 

Mazkur ishtirok etayotgan jamoa Chexiyada o‘tgan Yevropa Ligasida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Yevropa Ligasida chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. 

 

-90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Bobonov raqibini vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Shu bilan birga, Chexiyaning Praga shahrida o‘tgan Yevropa Ligasida Ko‘hna qitʼaning 13 ta erkaklar, 4 ta ayollar klublari ishtirok etdi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa finalida  “Pari Sen-Jermen” klubi  “Sent-Jenevev” jamoasini 4:1 hisobida yengdi.

 

PSJ bilan shartnoma imzolagan dzyudo bo‘yicha tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov yaqin vaqt ichida klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan turnirlarda ushbu jamoa sharafini himoya qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  olimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslari uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tgani hamda olimpiyada o‘yinlarida Gvineya terma jamoasining koronavirus sabab musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Davlat Bobonov PSJ klubi bilan YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritd | Zamon.uz