Eng dolzarb

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i 3ta tumandagi “hamkasblarini” ishdan bo‘shatdi

Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘i ham intizomiy jazo qo‘llanildi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i 3ta tumandagi  “hamkasblarini” ishdan bo‘shatdi

 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Anvarovich Tashpulatov boshchiligida  joriy yil 11 oylik ish natijalari bo‘yicha tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘ldi.

 

Bevosita xodimlarning tashabbusi bilan 5 644 ta jinoyatlar, ulardan 1 375 tasi giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan.

Unga ko‘ra, 122 kg. 756 gramm. giyohvandlik va 108 ming 550 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining tarqalib ketishining oldi olingan.

 

Shundan 12 544 ta jinoyatlar fosh etildi, ulardan 171 tasi o‘tgan yillarda sodir etilgan jinoyatlar, 822 nafar qidiruvdagi jinoyatchilar ushlanib, jazo  tayinlangan.

 

Mazkur yig‘ilish davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.  

 

Bundan tashqari, Yangihayot va Shayxontohur tumanlari IIO FMB boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosarlari ham  egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.

 

Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari intizomiy jazoga tortildi.

 

Tumanda ijobiy ko‘rsatgichlarga erishgan va namunaviy xizmat olib borayotgan Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari IIO FMB boshliqlarining ish faoliyatiga yuqori baho berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani hamda energetika vaziri o‘rinbosari ishdan olingani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i 3ta tumandagi “hamkasblarini” ishdan bo‘shatdi | Zamon.uz