0

"Qizil kitob"ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlagan brokanerlar qochib ketdi- Endi “o‘ljalar” kimga qoladi?

Brokanerlar tomonidan umumiy 14 dona jayron va 5 dona yovvoyi quyon ovlangan.

"Qizil kitob"ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlagan brokanerlar  qochib ketdi- Endi “o‘ljalar” kimga qoladi?

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd jarayonida Taxtako‘pir tumani "Qoniratkol" OFY cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida “Uaz 469” rusumli avtomashina yonida turgan bir necha nomaʼlum shaxslar inspektorlarda shubha uyg‘otgan. Inspektorlar nomaʼlum shaxslar tomoniga yaqinlashayotganida ular zudlik bilan avtomashinaga o‘tirib voqea joyidan yashiringan. Inspektorlar ular ortidan 5 km masofagacha taʼqib qilib borgan. Biroq nomaʼlum shaxslar davlat inspektorlaridan qochib ketishga ulgurgan.

 

Taxtako‘pir tumani cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan nomaʼlum shaxslar turgan joy ko‘zdan kechirilganda voqea joyidan nomaʼlum shaxslarga tegishli otilgan patron gilzasi, idish-tovoq, xo‘jalik buyumlari bo‘lgan pichoq, bolta, yoqilg‘i, qiyim-boshlar hamda “Qizil kitob"ga kiritilgan 14 dona jayronlar, 5 dona yovvoyi quyonlar tashlab ketilganligi aniqlangan.

 

Yuqoridagi holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga xabar qilinib, tegishli tartibda dalolatnoma tuzilgan.

 

Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Mahalliy ovchilar "Qizil kitob"ga kiritilgan jayronni otib o‘ldirgani hamda ushbu jayron ovlovchilar ustidan sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"