Sport

Sobiq futbolchining 73 yoshli otasi uylandi

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem otasining to‘yida ishtirok etdi.

Sobiq futbolchining 73 yoshli otasi uylandi

 

Jahon futboli afsonasi Devid Bekxemning otasi Ted Bekxem yaqinda o‘z kompaniyasi va million dollarlik boylikka ega bo‘lgan 62 yoshli advokat Hillari Mereditga turmushga chiqdi.

 

"Otam va Hillari to‘yini nishonlash uchun ajoyib kun bo‘ldi. Butun oila bilan birga bo‘lish yoqimli. Men otam bilan birga ekanligimdan juda faxrlanaman. Men sizni yaxshi ko‘raman, dada" — deb sobiq futbolchi o‘zining instagram sahifasida otasining to‘yi haqida izoh qoldirdi.

 

Ted Bekxem 2019-yildan beri Meredit Bekxem bilan yaqin munosabatda bo‘lib keladi.

 

Eslatib o‘tamiz, David Bekxemning rafiqasi Viktoriya Bekxem qaynotasining to‘yiga kelmagan. Shuningdek, u oilaning yangi aʼzosiga hech qanday munosabat bildirmagan.

Sobiq futbolchining 73 yoshli otasi uylandi | Zamon.uz