Sport

Toshkentda karate bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Almati shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkentda karate bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

 

Musobaqa doirasida Osiyo karate federasiyasining konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Butunjahon karate federasiyasi prezidenti Antonio Espinos, shuningdek, Osiyo karate federasiyasining birinchi vise-prezidenti Alam Mullayev ham ishtirok etmoqda.

 

Ushbu tadbir kun tartibidan kelasi yil o‘tkaziladigan qit’a chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatni aniqlab olish masalasi o‘rin olgan edi.

 

Ahamiyatlisi, unda Toshkent shahri kelasi yil barcha yosh toifalaridagi qit’a chempionatini qabul qiladigan bo‘ldi. Qayd etish joiz, avvalgi mezbon davlatlar o‘z yurtlaridagi epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olmaydigan bo‘lgan edi.

 

Dastlabki rejaga ko‘ra, qit’a birinchiligi Osiyo o‘yinlaridan avval o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa karatechilarimiz uchun muhim start oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent 2019 yil iyul oyida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilgan edi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda karate bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz