Eng dolzarb

Tramp Xitoyni koronavirus paydo bo‘lishiga sababchi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon to‘lashni talab qilmoqda

Tramp Si Szinpinni “qotil” deb atadi.

Tramp Xitoyni  koronavirus paydo bo‘lishiga sababchi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon to‘lashni talab qilmoqda

 

"Xitoy koronavirusni paydo qilgani uchun butun dunyoga 60 trillion dollar tovon to‘lashi kerak bo‘ladi. Men bilaman Xitoyning bu kompensatsiyalarni to‘lash uchun yetarli mablag‘i yo‘q. Lekin butun dunyo 60 trillion dollarga yaqin zarar ko‘rdi. Shu sabab tovon to‘lashi kerak deb hisoblayman" — dedi AQSHning sobiq prezidenti.

 

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyoga dahshatli ofat keltirgan. Shu bilan birga, siyosatchi o‘z so‘zlarini tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirmagan.

 

"Ular bu kasallikni oldini olish uchun endi nimadir qilishi kerak. Keltirgan bu ofatning oxiri yo‘qdek", — dedi Tramp.

 

Tramp Si Szinpinni “qotil” deb atagan jurnalistning so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi.

 

“U qotil, lekin pandemiya boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman" — dedi sobiq prezident.

 

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSHga koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobot yuzasidan norozilik bildirgani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Tramp Xitoyni koronavirus paydo bo‘lishiga sababchi ekanini aytib, 60 trillion dollar tovon to‘lashni talab qilmoqda | Zamon.uz