Immobile virusga chalindi
“Latsio” va Italiya terma jamoasi hujumchisi Chiro Immobileda koronavirus aniqlandi.

Xabarlarga ko‘ra, Immobile va uning rafiqasi Jessika kecha Rojdestvo kechki ovqatida ishtirok etgan. Ertasi kuni futbolchi va rafiqasi koronavirusga chalingani maʼlum bo‘ldi.
Immobile Italiya A ceriyasining 18-turidan o‘rin olgan “Jenoa”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. Futbolchi “Latsio”ning keyingi turda “Venetsiya”ga qarshi o‘yinida ham ishtirok etolmasligi maʼlum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Immobile A seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, “Atalanta” Miranchukning o‘rniga boshqa futbolchi topgani va Angliya hamda Italiya muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







